Kunlik normangizni o'lchaymiz, ratsionni shunga qarab tuzamiz va kuniga to'rt-besh mahal tayyor ovqatni yetkazib beramiz. Och qolish yo'q — hisob-kitob bor.
Namangan shahri bo'ylab yetkazib beriladi. Uzoq muddatga buyurtma qilsangiz chegirma qo'llanadi.
| Tarif | 1 kunlik | 7 kunlik −5% | 21 kunlik −10% | 30 kunlik −15% |
|---|---|---|---|---|
| 1200 kkal | 95 000 | 630 000 | 1 795 000 | 2 425 000 |
| 1600 kkal | 120 000 | 800 000 | 2 270 000 | 3 060 000 |
| 2000 kkal | 140 000 | 930 000 | 2 645 000 | 3 570 000 |
| 3000–3500 kkal | 170 000 | 1 130 000 | 3 215 000 | 4 335 000 |
Narxlar so'mda, bir kishi uchun. Individual (parhez) ratsion — kunlik narxga 50% ustama qo'shiladi. 1200 kkal tarifi faqat konsultatsiyadan keyin, nazorat ostida beriladi.
Ratsion Namangan bo'ylab yetkaziladi. Menyu va rejalar butun O'zbekistonga hujjat shaklida yuboriladi.
BMI, BMR, tana yog'i foizi, muskul massasi va suv miqdori o'lchanadi. Kunlik kaloriya normangiz hisoblanadi va boshlang'ich tavsiya beriladi. Ofisda, Namangan.
Yozilish
Maqsadingiz va sog'lig'ingizga moslashtirilgan menyu hujjat shaklida. Umumiy haftalik menyudan 10 kunlik individual rejagacha. Butun O'zbekistonga.
Paketlar
Kuniga 4–5 mahal, kaloriyasi va oqsili hisoblangan holda. Har bir konteynerda ism, tarif va mahal yozilgan. Ertalab 07:30 gacha manzilingizda.
TariflarBu xizmatlar uchun Namangalik bo'lishingiz shart emas — menyu elektron hujjat shaklida yuboriladi.
| Xizmat | Narx | Hudud |
|---|---|---|
| Konsultatsiya (BMI, BMR, tana tarkibi) | 70 000 | Faqat ofisda — Namangan |
| Umumiy 1 haftalik menyu | 100 000 | Butun O'zbekiston |
| 3 kunlik individual menyu | 200 000 | Butun O'zbekiston |
| 1 haftalik individual menyu | 400 000 | Butun O'zbekiston |
| 10 kunlik individual menyu | 500 000 | Butun O'zbekiston |
| 15 ta parhez stoli bo'yicha menyu | 250 000 | Butun O'zbekiston |
Narxlar so'mda. Aniq paketni tanlashda yordam kerak bo'lsa — qo'ng'iroq qiling, savollar berib mos variantni topamiz.
Birinchi qo'ng'iroqdan birinchi yetkazishgacha odatda bir kun ketadi.
Maqsadingizni so'raymiz: vazn kamaytirishmi, ko'paytirishmi yoki sog'liq bo'yicha parhezmi.
Ofisda tana tarkibi o'lchanadi, BMR hisoblanadi va kunlik normangiz aniqlanadi.
Normangizdan 10–20 foiz farq bilan menyu tuziladi. Oshxonada tarozida o'lchab tayyorlanadi.
Ertalab 07:30 gacha manzilingizda. Har ikki haftada o'lchov qaytariladi va menyu tuzatiladi.
Barcha suratlar — bizning oshxonamizda tayyorlangan haqiqiy taomlar.








Yo'q. Tariflar 1200 dan 3500 kaloriyagacha. Vazn kamaytirish, saqlash yoki muskul massasini oshirish — har biriga alohida norma hisoblanadi. Sog'liq bo'yicha parhez kerak bo'lsa, individual ratsion tuziladi.
Tayyor ovqat yetkazish faqat Namangan shahri bo'ylab ishlaydi. Menyu paketlari va shaxsiy ovqatlanish rejalari esa butun O'zbekistonga elektron hujjat shaklida yuboriladi.
Ha. Har qanday tarifni bir kunlik narxda sinab ko'rishingiz mumkin, uzoq muddatli majburiyatsiz. 1200 kkal tarifi bundan mustasno — u faqat konsultatsiyadan keyin beriladi.
Ha. Konsultatsiya paytida aytasiz va ratsion shunga moslashtiriladi. Bunday holatda individual ratsion tuziladi — kunlik narxga 50% ustama qo'shiladi.
Har bir mahal alohida konteynerda, ustida ism, tarif va mahal yozilgan holda. Ertalab 07:30 gacha yetkaziladi va o'sha kun uchun mo'ljallangan — muzlatgichda saqlab, kun davomida iste'mol qilasiz.
Har kuni 09:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz.
Ofis: Namangan shahri, Marg'ilon MFY, Navoiy ko'chasi, 36-uy (Matbuot uyi)
Oshxona: Go'zal dahasi, Koinot 59
Ishlab chiqarish sexi: 3-mikrorayon